Iroqning Erbil shahrida raketa hujumi sodir etildi

Hujumda 3 kishi jarohatlandi. Ulardan birining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

1584581
Iroqning Erbil shahrida raketa hujumi sodir etildi

 

Iroqning Erbil shahrida AQSh harbiy bazasi yaqinida joylashgan aeroportga raketa hujumi sodir etildi.

Hujumda 3 kishi jarohatlandi. Ulardan birining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

Bu haqda Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi huzuridagi sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Xalqaro Erbil aeroporti atrofiga tushgan raketa tufayli uch kishi yaralangan. Ulardan biri Xitoy konsulxonasida xizmat qilgan xavfsizlik xodimi ekanligi ma’lum qilindi. Yaradorlardan birining ahvoli og’ir.

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi bayonotiga ko’ra, shaharga uchta raketa otilgan. Raketalardan ikkitasi AQSh harbiy bazasi yaqinidagi Xalqaro Erbil aeroporti hududiga, biri aeroport maydonidan tashqariga tushgan.

Raketa hujumi oqibatida aeroport yaqinidagi ishxonalarning derazalari singan, uylarning devorlari qulab tushgan.

Aeroportda parvozlar vaqtinchalik to’xtatilgan.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #raketa hujumi , #Erbil

Aloqador xabarlar