Afg’onistonning Faryob viloyatida portlash sodir etildi

Faryob xavfsizlik boshqarmasi kotibi Abdul Karim Yurish ma’lum qilishicha, portlash oqibatida 7 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

1584497
Afg’onistonning Faryob viloyatida portlash sodir etildi

 

Afg’oniston shimolidagi Faryob viloyati Almar tumanida portlash sodir etildi.

Portlash oqibatida 7 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda Faryob xavfsizlik boshqarmasi kotibi Abdul Karim Yurish ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu voqea Almar tumani markazida ro’y bergan. Yo’l chetiga joylashtirilgan bomba politsiya xizmat mashinasi o’tib ketayotgan vaqtda portlatilgan.

Hozircha hech bir terror guruhi portlash javobgarligini zimmasiga olmadi. Tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Faryob , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar