Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 110 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 418 ming 825 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 109 mln 677 mingdan oshdi,  84 mln 217 mingdan ortiq kishi sog’aydi.

1584260
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 110 mlnga yaqinlashdi

 

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 498 ming 203 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 28 mln 317 mingni tashkil qilmoqda. AQShda koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi 7 turi paydo bo’la boshlaganligi iddao qilinmoqda.

Braziliya koronavirusdan o’limlar soni bo’yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turibdi. Braziliya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko’ra, mamlakat bo’ylab so’nggi bir kunda 528 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 239 ming 773 nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirusdan kasallanganlar soni 9 mln 866 ming 710 nafarga yetdi.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 230 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 117 ming 396 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 4 mln 47 ming 843 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 9 ming 765ta yangi holat qayd etildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 258 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 93 ming 835 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 7 ming 351 kishiga oshib, 2 mln 729 ming 223 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada so’nggi bir kunda 412 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 82 ming 226 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 4 ming 376ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 3 mln 469 ming 539 nafarni tashkil qilmoqda.

Ispaniyada so’nggi bir kunda 234 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 65 ming 449 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlar soni 11 ming 942 kishiga oshib, 3 mln 86 ming 286 nafarni tashkil qilmoqda.

Meksikada so’nggi bir kunda 450 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 174 ming 657 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlar soni 1 mln 995 mingga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 3098ta yangi holat qayd etildi. Meksika hukumati Xitoyning “Sinovac” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinani shoshilinch emlashga ruxsat berdi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar