Jo Bayden, G - 7 liderlar sammitida ishtirok etadi

Jo Bayden 19 - fevral haftaning juma kuni online tarzda uyushtiriladigan G - 7 liderlar sammitida ishtirok etadi

1583851
Jo Bayden, G - 7 liderlar sammitida ishtirok etadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden 19 - fevral haftaning juma kuni online tarzda uyushtiriladigan G - 7 liderlar sammitida ishtirok etadi.

Oq uy tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, o‘tgan yili aprel oyidan beri birinchi marotaba uyushtiriladigan G - 7 liderlar sammitida Jo Baydenning yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurash va global iqtisodiyotning qayta qurilishi masalalarini qo‘lga olishi qayd etildi.

Baydenning sammitda Covid - 19 vaksinasining ishlab chiqarilishi, tarqatilishi va yetkazib berilishi bilan yuqumli kasalliklar xavfiga qarshi sog‘liqni saqlash sohasidagi mablag‘lar borasida hamkorlik qilishga e’tibor berishi ifoda etilgan bayonotda, Xitoy yo‘l ochgan iqtisodiy qiyinchiliklar va global iqlim inqirozining ham kun tartibiga olib chiqilishi ta’kidlandi.  


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #G-7 liderlar sammiti

Aloqador xabarlar