Gvineyada Ebola bezgagi epidemiyasi tarqaldi

Gvineya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda Ebola kasalligi tufayli 4ta o’lim holati qayd etildi.

1583395
Gvineyada Ebola bezgagi epidemiyasi tarqaldi

 

Gvineyada Ebola bezgagi epidemiyasi tarqalganligi e’lon qilindi.

Gvineya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda Ebola kasalligi tufayli 4ta o’lim holati qayd etildi.

“Gvineya hukumati mavjud vaziyatni inobatga olib, xalqaro sog’liqni saqlash bo’yicha qonunlarga amal qilgan holda, Guyeke va Nzerekore shaharlarida Ebola bezgagi epidemiyasi tarqalganligini e’lon qiladi”,-deyiladi Gvineya bosh vazirlik bayonotida.

Shu sababli ushbu shaharlarda epidemiyaga qarshi bir qator qat’iy choralar kiritilgan, shuningdek Ebolaga chalinganlar bilan aloqada bo’lganlarni karantinga olishga qaror qilingan.

Ma’lumotga ko’ra, Guyeke shahrida Ebolaga chalinganlar bilan yaqindan shug’ullanadigan tibbiy markaz tashkil etiladi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti kasallikka qarshi kurashda Gvineyaga yordam ko’rsatadi.

Gvineya 2013-2016 yillarda G‘arbiy Afrikada Ebola virusining o‘chog’iga aylangandi. O‘shanda 28 mingdan ko‘proq kishi kasallikka chalingan. Kasallik tufayli Gvineya, Liberiya va Serra-Leoneda kamida 11 ming 300 kishi vafot etgandi.


Tanlangan kalimalar: #Gvineya , #Ebola

Aloqador xabarlar