Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 102 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 201 mingdan oshdi.  Virus bilan kasallanganlar soni 102 mln 41 mingni tashkil qilmoqda. 73 mln 882 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1573485
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 102 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 201 mingdan oshdi.  Virus bilan kasallanganlar soni 102 mln 41 mingni tashkil qilmoqda. 73 mln 882 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda so’nggi bir kunda 2230 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Natijada, koronavirus qurbonlarining umumiy soni 443 ming 769 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 26 mln 338 ming 607 nafarni tashkil qilmoqda.

AQSh Pfizer va Moderna kompaniyasidan yana 200 mln doza vaksina oldi. Virus o’chog’iga aylangan Nyu-York shtatidagi qariyalar uylarida koronavirus qurbonlari sonini 50 foizga kamaytirib hisobot berilmaganligi aniqlandi. AQShning Janubiy Karolina shtatida yashagan ikki kishida koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi aniqlandi. BMT bosh kotibi Antonio Goterres ham Nyu-Yorkda koronavirusga qarshi emlandi.

Meksikada so’nggi bir kunda 1506 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 155 ming 145 nafarga yetdi. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 18 ming 670 nafarga oshib, 1 mln 825 ming 519 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 239 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 103 ming 1626 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 3 mln 743 ming 734 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 28 ming 680ta yangi holat qayd etildi.

Ispaniyada so’nggi bir sutkada 515 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 57 ming 806 nafarga yetdi. Mamlakatda so’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 34 ming 899ta yangi holat qayd etildi. Shu bilan virusga chalinganlarning umumiy soni 2 mln 792 ming 360 nafarni tashkil qilmoqda. Ispaniyada mahkunlar orasida koronavirusga chalinganlar soni 15 kunda ikki barobarga oshdi.

Fransiyada so’nggi bir kunda 348 bemor koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 74 ming 800 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 23 ming 770 kishiga oshib, 3 mln 130 ming 629 nafarga yetdi.

Fransiya sog’liqni saqlash vaziri Olivier Veran yanvar oyi boshida taxminan 500 kishida koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi aniqlangan bo’lsa, bu raqam yanvar oyi oxiriga kelib 2 mingga chiqdi. Mamlakatda yaqin kunlarda koronavirusga qarshi qo’shimcha chora tadbirlar kuchaytirilishi kutilmoqda.

Daniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 2071 nafarni tashkil qilmoqda. Virusga chalinganlar soni 197 ming 208 nafarga yetdi. Bosh vazir Mette Frederiksen karantin cheklovini yana 3 haftaga uzaytirdi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar