Britaniyada koronavirus qurbonlari soni 100 mingdan oshdi

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 20 ming 89ta yangi holat qayd etildi.

1572180
Britaniyada koronavirus qurbonlari soni 100 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 167 ming 500 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 100 mln 853 mingni tashkil qilmoqda. 72 mln 891 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 435 ming 452 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 26 mln 11 mingdan ko’proq. AQSh prezidenti Jo Bayden Pfizer kompaniyasidan yana 100 mln doza, Moderna kompaniyasidan ham yana 100 mln doza vaksina olinishini ma’lum qildi.

“Yoz oxirigacha yoki kuzgacha 300 mln kishiga yetadigan miqdorda vaksinaga ega bo’lamiz deb o’ylayman”,-deb aytgan Jo Bayden.

Ispaniyada so’nggi bir sutkada 591 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Bu 8 oyda kuzatilgan eng yuqori ko’rsatgich bo’ldi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 56 ming 799 nafarga yetdi. Mamlakatda so’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 36 ming 435ta yangi holat qayd etildi. Shu bilan virusga chalinganlarning umumiy soni 2 mln 629 ming 817 nafarni tashkil qilmoqda. Ispaniyaning “PharmaMar”dori firmasi koronavirusga qarshi ishlab chiqargan dorini hayvonlar ustida sinab ko’rdi va natija 99 foiz muvaffaqiyatli bo’ldi.

Fransiyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 74 ming 106 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 3 mln 79 ming 943 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 631 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 100 ming 162 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 3 mln 689 ming 746 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 20 ming 89ta yangi holat qayd etildi.

Germaniyadagi Bayreuth shifoxonasi koronavirusning mutatasiyaga uchragan yangi turi B117 tufayli karantinga olindi. Germaniya hukumati koronavirusning mutatasiyaga uchragan yangi turi tarqalishini oldini olish uchun mamlakatga sayohatni cheklashni rejalamoqda.

Bolgariyada hukumat koronavirusga qarshi olingan chora tadbirlarni uzaytirishga qaror qildi. 30 yanvarda tugashi rejalangan favqulodda epidemik holat 30 aprelga qadar uzaytirildi. Mamlakatda 1 fevraldan boshlab kinoteatrlar, savdo markazlari, sport zallari faoliyati cheklanadi.

Shu kungacha COVID-19 tufayli Braziliyada 218 ming 878, Meksikada 152 ming 16, Argentinada 47 ming 253, Kolumbiyada 52 ming 128, Peruda 40 ming 107, Ekvatorda 14 ming 668, va Chilida 18 ming 23 kishi vafot etgan.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar