AQSh Senati moliya vaziri lavozimiga Janet Yellenning nomzodini tasdiqladi

AQSh moliya vazirligi bayonotiga ko’ra, Janet Yellen AQShning 78-moliya vaziri sifatida qasamyod qilgan. U AQSh moliya vazirligining 231 yillik tarixida ilk ayol rahbari bo’ldi.

1572087
AQSh Senati moliya vaziri lavozimiga Janet Yellenning nomzodini tasdiqladi

 

AQSh Senati moliya vaziri lavozimiga Janet Yellenning nomzodini ma’qulladi.

U AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan moliya vaziri lavozimiga nomzod qilib ko’rsatilgandi.

Janet Yellen nomzodi tasdiqlanishi bilanoq qasamyod qilib, vazifasini bajarishga kirishdi.

AQSh moliya vazirligi bayonotiga ko’ra, Janet Yellen vitse-prezident Kamala Harris hamrohligida AQShning 78-moliya vaziri sifatida qasamyod qilgan.

Janet Yellen AQSh moliya vazirligining 231 yillik tarixida ilk ayol rahbari bo’ldi.

Tajribali iqtisodchi bo’lgan Yellen 2014 yiliFederal zaxira tizimining ilk ayol rahbari etib tayinlangandi. U 2014 yildan 2018 yilgacha AQSh Federal zaxira tizimini boshqargan.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #AQSh , #Janet Yellen

Aloqador xabarlar