Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muloqot qildi

Putin va Bayden suhbat chog’ida, Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish, Ochiq osmon shartnomasidan chiqish, Eron bilan yadro shartnomasi va Ukrainadagi ichki nizolar bo’yicha masalalarni muhokama qildi.

1571933
Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muloqot qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan ilk marta telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Kreml rasmiy saytida ma’lum qilingan.

“Vladimir Putin Jo Baydenni AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishgani bilan tabrikladi. Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning normallashuvi ikkala mamlakat hamda ularning dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni saqlash uchun katta mas’uliyatini inobatga olgan holda, butun xalqaro hamjamiyat manfaatlariga xizmat qilishiga ishora qildi”,— deyiladi xabarda.

Putin va Bayden suhbat chog’ida, Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish, Ochiq osmon shartnomasidan chiqish, Eron bilan yadro shartnomasi va Ukrainadagi ichki nizolar bo’yicha masalalarni muhokama qildi.

“Kelgusi kunlarda tomonlar yadro qurolini ishlatishni cheklash bo‘yicha kelishuvni uzaytirishga qaratilgan barcha proseduralarni tamomlaydi”,-deyiladi xabarda.

Rossiya va AQSh tomonidan 2010 yil imzolangan bu kelishuv 2021 yil 5 fevralda yakunlanishi kerak edi. Tomonlar kelishuvni yana 5 yilga uzaytirishga kelishib oldi. Putin hujjat muddatini uzaytirishni ratifikatsiya qilish bo‘yicha davlat Dumasiga ko‘rsatma berganligi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Bayden va Putin koronavirusga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikni, jumladan koronavirusning ikki davlat iqtisodiyotiga ko’rsatgan ta’sirini muhokama qildi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni ko’zdan kechirishdi.

Kreml saytida yozilishicha, suhbat oshkora va samimiy ruhda bo’lib o’tgan.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #Jo Bayden , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar