AQShda Falastinning diplomatik missiyalari faoliyati qayta tiklanadi

AQSh prezidenti Jo Bayden ishni Donald Tramp yo’l qo’ygan xatolarni tuzatishdan boshladi. U Tramp davrida Falastinga to’xtatilgan yordamlarni qayta tiklashini va masalaga ikki davlatli yechim topishga harakat qilishini ma’lum qildi.

1571873
AQShda Falastinning diplomatik missiyalari faoliyati qayta tiklanadi

 

AQSh prezidenti Jo Bayden ishni Donald Tramp yo’l qo’ygan xatolarni tuzatishdan boshladi.

U Tramp davrida Falastinga to’xtatilgan yordamlarni qayta tiklashini va masalaga ikki davlatli yechim topishga harakat qilishini ma’lum qildi.

BMT xavfsizlik kengashida ma’ruza qilgan AQShning BMTdagi doimiy vakili Rochard Mills Bayden hukumati Falastinga yordam ko’rsatishni qayta faollashtirishini bildirdi.

Shuningdek, Tramp davrida yopilgan Falastinning diplomatik missiyalari faoliyati qayta tiklanadi.

“Yangi hukumatning Yaqin sharq bo’yicha siyosati Isroilning tinchlik va xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda, yonginasida o’ziga mustaqil Falastin davlati bo’lgan ikki davlatli yechimni qo’llab-quvvatlashdan iboratdir”,-deb aytgan Rochard Mills.

Falastin ozodlik tashkiloti Vashingtonda avval yopilgan Falastinning diplomatik missiyasi Jo Bayden yetakchiligidagi AQSh hukumati tomonidan qayta ochilishini mamnuniyat bilan baholadi.

“AQShning bu tashabbusini yuqori baholayman. Bu tashabbus yangi hukumatning Donald Tramp xatolarini tuzatishda qanchalik jiddiy ekanligini ko’rsatadi”,-deb aytgan Falastin ozodlik tashkiloti boshqaruv kengashi a’zosi Ahmad Majdalaniy.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #Falastin , #AQSh

Aloqador xabarlar