Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bugun iste'foga chiqadi

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bugun vazirlar kengashi yig’ilishida o’z vazifasidan iste’fo etish to’g’risidagi qarorini e’lon qiladi. Bu haqda Italiya bosh vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1571267
Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bugun iste'foga chiqadi

 

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bugun vazirlar kengashi yig’ilishida o’z vazifasidan iste’fo etish to’g’risidagi qarorini e’lon qiladi.

Bu haqda Italiya bosh vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Juzeppe Konte o‘zi rahbarligidagi koalitsiya parlamentda hukmronlikni boy bergach, iste'foga chiqishga qaror qilgan. Bunga sobiq bosh vazir Matteo Rensi boshchiligidagi Viva partiyaning koalitsiyani tark etgani sabab qilib keltirilmoqda.

“Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bugun iste’foga chiqish to’g’risidagi qarorini vazirlar kengashiga e’lon qiladi. U vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng prezident Serjio Matarella bilan uchrashadi”,-deyiladi xabarda.

Konte prezidentga parlamentda yana ham mustahkam koalitsiya tashkil etish fikrini va shu sababli iste’foga chiqishini ma’lum qiladi.

Italiya matbuotida tarqalgan xabarlarga ko’ra, Kontening iste'fosi faqat rasmiy bayonot bo‘lishi mumkin va u yangi hukumat tuzilishida ustunlikni qo‘lga kiritishni mo‘ljallayotgani tahmin qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Juzeppe Konte

Aloqador xabarlar