Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mln 149 mingdan oshdi

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 431 ming 392 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 25 mln 861 mingdan ko’proq.

1571162
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mln 149 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 149 ming 640 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 100 mln 289 mingni tashkil qilmoqda. 72 mln 326 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 431 ming 392 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 25 mln 861 mingdan ko’proq.

AQSh prezidenti Jo Bayden Shengen hududida joylashgan Yevropa davlatlari, jumladan Britaniya, Irlandiya va Braziliyadan AQShga sayohat qilgan xorijiy davlat fuqarolariga cheklov joriy etish to’g’risidagi hujjatga imzo chekdi. Chunki, Braziliyada tarqalgan koronavirusning mutatasiyaga uchragan yangi turi Amerikada ham tarqala boshlagan, ayniqsa Minnesota shtatida koronavirusning mutatasiyaga uchragan yangi turi paydo bo’lgan.

Braziliya koronavirusdan o’limlar soni bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 217 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni 8 mln 872 mingni tashkil qilmoqda.

Meksikada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 150 ming 273 nafarga yetdi. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 1 mln 771 mingdan oshdi. Davlat rahbari Andres Manuel Lopez Obrador 2 oy ichida Rossiyadan 24 mln doza “Sputnik-V” vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 98 ming 531 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 3 mln 669 mingga yetdi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakat bo’ylab vafot etganlarning umumiy soni 85 ming 881 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 2 mln 475 mingni tashkil qilmoqda.

Fransiyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 73 ming 494 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 3 mln 57 mingni tashkil qilmoqda.

Ispaniyada COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 56 ming 208 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirusdan kasallanganlar soni 2 mln 697 mingni tashkil qilmoqda.

Germaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 53 ming 402 nafarga yetdi, kasallanganlar soni esa 2 mln 154 mingni tashkil qilmoqda.

Portugaliyada so’nggi bir kunda 252 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Ayni vaqtda mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 10 ming 721 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlar soni 643 ming 113 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 6923ta yangi holat qayd etildi. Koronavirus tarqalish darajasi oshib borayotgan mamlakatda 25 yanvardan e’tiboran maktablar 2 hafta muddatga yopildi. Bar, restoran va savdo markazlari faoliyati cheklandi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar