Bog‘doddagi hujum aybdorlarining Iroq fuqarosi ekani aytilmoqda

Poytaxt Bog‘dodda 21 - yanvar kuni yuz bergan va 32 kishining umriga zomin bo‘lgan xudkushlik hujmi aybdorlarining Iroq fuqarosi ekani aytilmoqda.

1570299
Bog‘doddagi hujum aybdorlarining Iroq fuqarosi ekani aytilmoqda

Iroq armiyasi, poytaxt Bog‘dodda 21 - yanvar kuni yuz bergan va 32 kishining umriga zomin bo‘lgan xudkushlik hujmiga qo‘l urgan 2 kishining Iroq fuqarosi ekanini ma’lum qildi.

Qurolli kuchlar qo‘mondonligi Matbuot xizmati kotibi Yahyo Rasul, davlat telekanaliga bergan intervyusida, Bog‘dod markazi Tayaran maydonida ishlatilgan ashyo va kiyim - kechaklar sotilgan va kam ta’minlangan insonlar tez - tez uchrab turgan bozorga qarshi uyushtirilgan hujum haqidagi oxirgi vaziyat ustidan ma’lumot berdi.  

“Milliy Politsiya kuchlari tomonidan hujum ustidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar, jinoyatchilarning iroqli ekanini ko‘rsatmoqda”. - degan Rasul, ijtimoiy tarmoqda xudkushlardan birining Saudiya Arabistoni fuqarosi ekani haqida fotosuratlar bo‘lishilgani lekin u kishining avvalroq o‘z yurtidagi bir teraktda ustidagi bombani portlatish orqali o‘lganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt Bog‘dodda 21 - yanvar kuni bir bozorda yuz bergan hujumda 32 kishi halok bo‘lar ekan, 110 kishi tan jarohati olgandi.

Hujumni , DEASh terror tashkiloti o‘z bo‘yniga oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Bog‘doddagi hujum

Aloqador xabarlar