SpaceX Falcon 9 raketasida 143ta sun’iy yo’ldoshni fazoga uchirdi

SpaceX kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan bu voqea fazogirlik tarixida bir vaqtning o’zida 143ta fazoviy qurilmaning orbitaga chiqarilishi bo’yicha rekord ko’rsatgich bo’lib hisoblanadi.

1570076
SpaceX Falcon 9 raketasida 143ta sun’iy yo’ldoshni fazoga uchirdi

 

Amerikaning SpaceX kompaniyasi bir vaqtning o’zida bortida 143ta sun’iy yo’ldosh bo’lgan Falcon 9 raketasini fazoga uchirdi.

SpaceX kompaniyasi ma’lum qilishicha, raketa Floridadagi Cape Canaveral kosmodromidan parvoz qilgan.

Raketa bortida 133ta savdo va davlat sun’iy yo’ldoshi, 10tasi Starlink tarmog‘ining sun'iy yo‘ldoshi bo’lib, jami 143ta sun'iy yo‘ldosh orbitaga chiqariladi.
Mazkur kompaniya bu - parvoz vaqtida orbitaga chiqarilgan eng ko‘p sondagi fazoviy qurilma hisoblanishini ma’lum qildi.

SpaceX kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan bu voqea fazogirlik tarixida bir vaqtning o’zida 143ta fazoviy qurilmaning orbitaga chiqarilishi bo’yicha rekord ko’rsatgich bo’lib hisoblanadi.

SpaceX Starlink tarmog‘ining sun'iy yo‘ldoshlari bilan orbitada 12 ming sun’iy yo’ldoshlik tarmoq tashkil etishni rejalamoqda. Ushbu loyiha 2027 yilda tamomlanishi ko’zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Falcon 9 , #SpaceX

Aloqador xabarlar