Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 100 mlnga yaqinlashdi

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 420 ming 285 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 25 mln 196 mingdan ko’proq.

1569070
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 100 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 100 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 98 mln 109 mingni tashkil qilmoqda. 70 mln 517 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 420 ming 285 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 25 mln 196 mingdan ko’proq.

Prezident Jo Baydenning salomatlik bo’yicha maslahatchisi Anthony Fauji: Amerikaliklarning 85 foizi yozgacha koronavirusga qarshi emlansa, kuzgacha normal hayotimizga qaytishimiz mumkin”,-dedi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakat bo’ylab vafot etganlarning umumiy soni 84 ming 202 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 2 mln 428 ming 221 nafarni tashkil qilmoqda. Italiyada vaksina yetkazib berishda kechikishlar tufayli, mamlakatda emlash darajasi pasaydi.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Ispaniyada so’nggi bir sutkada 404 kishi COVID-19 tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 55 ming 41 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 44 ming 357ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda koronavirusdan kasallanganlar soni 2 mln 456 ming 675 nafarni tashkil qilmoqda. Ispaniyada 27 dejabrda boshlangan koronavirusga qarshi emlash doirasida shu kungacha 1 mln 200 mingdan ko’proq kishi koronavirusga qarshi emlandi.

Portugaliyada koronavirus qurbonlari soni 9686 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlar soni 595 ming 149 nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirus tarqalish darajasi tobora avj olib borayotgan mamlakatda 25 yanvardan e’tiboran maktablar 2 hafta muddatga yopiladi. Bar, restoran va savdo markazlari faoliyati cheklandi.

 Ba’zi davlatlarda koronavirusdan o’limlar soni quyidagicha;

Braziliya (214 ming 228), Meksika (146 ming 174), Buyuk Britaniya (94 ming 580), Argentina (46 ming 355), Peru (39 ming 274), Ukraina (21 ming 499), Kolumbiya (50 ming 187), Germaniya (51 ming 151), Belgiya (20 ming 572).


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar