AQSh senati Avril Xeynsni milliy razvedka direktori lavozimiga tayinladi

Xeyns sobiq prezident Barak Obama davrida milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident maslahatchisi va milliy razvedka boshqarmasi direktori o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgandi. Xeyns AQSh milliy razvedkasiga rahbar bo’lgan ilk ayol bo’ldi.

1568322
AQSh senati Avril Xeynsni milliy razvedka direktori lavozimiga tayinladi

 

AQSh senati AQShning yangi prezidenti Jo Bayden tomonidan nomzodi ko’rsatilgan Avril Xeynsni milliy razvedka direktori etib tayinladi.

Xeyns nomzodi 84 ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi. 10 vakil qarshi ovoz berdi. Xeyns AQSh razvedkasining ilk ayol rahbari bo‘ldi.

Xeyns sobiq prezident Barak Obama davrida milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident maslahatchisi va milliy razvedka boshqarmasi direktori o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgandi. Xeyns AQSh milliy razvedkasiga rahbar bo’lgan ilk ayol bo’ldi.

U ushbu yangi lazovimida AQShning 18ta maxsus xizmati, jumladan Pentagon, milliy xavfsizlik agentligi va moliya vazirligining turli bo‘linmalari faoliyatini nazorat qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #AQSh , #Avril Xeyns

Aloqador xabarlar