AQShda Jo Bayden davri boshlandi

Poytaxt Vashingtonda AQShning 46-prezidenti Jo Bayden qasamyod qabul qildi. Bayden bilan birga Kamala Harris mamlakat tarixidagi ilk vitse-prezident ayol sifatida lavozimga kirishdi.

1567837
AQShda Jo Bayden davri boshlandi

 

Poytaxt Vashingtonda AQShning 46-prezidenti Jo Bayden qasamyod qabul qildi. Bayden bilan birga Kamala Harris mamlakat tarixidagi ilk vitse-prezident ayol sifatida lavozimga kirishdi.

Bayden va Harris inauguratsiya marosimi oldidan Havari Aziz Matthev cherkovini ziyorat qildi, so’ngra u yerdan kongress binosiga o’tdi.

Turkiya vaqti bilan soat 20:00da AQShning 46-prezidenti Jo Bayden va mamlakat tarixidagi ilk vitse-prezident ayol Kamala Harris qasamyod qildi.

“Bugun — Amerika kuni. Bugun — demokratiya kuni. Tarix va yangilanishga bo‘lgan umid kuni!”, – deya o‘z nutqini boshlagan Bayden.

Yangi prezident Bayden o‘z nutqida xalqni birdamlikka chaqirgan va AQShning barcha fuqarolarini birlashtirishga, “barcha amerikaliklar” prezidenti bo‘lishga harakat qilishini ta'kidlagan.

“Barcha amerikaliklarning prezidenti bo’laman” deya ta’kidlagan Bayden, “Ittifoqdoshlik aloqalarimizni qayta tiklaymiz va biz birgalikda Amerika tarixini yozamiz”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #qasamyod , #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar