Indoneziyada ro'y bergan zilzilada 35 kishi halok bo’ldi

G’arbiy Sulavesi shtatida joylashgan Majene shahrida ro’y bergan 6.2 ball zilzilada 10ta uy qulab tushgan, 100ta uy va tibbiy markazlarga zarar yetgan. Shaharda 15 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.

1564251
Indoneziyada ro'y bergan zilzilada 35 kishi halok bo’ldi

 

Indoneziyaning G’arbiy Sulavesi shtatida joylashgan Majene shahrida ro’y bergan 6.2 ball zilzilada 35 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda tabiiy ofatlarni boshqarish bo’yicha mahalliy agentlik ma’lum qilgan.

Ma’lumotga ko’ra, zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lib, buning oqibatida 637 kishi jarohatlangan. Zilzila hududida qidiruv-qurqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

Bundan tashqari, G’arbiy Sulavesi shtati hokimligi binosi va shifoxona zarar ko’rgan.

Bundan tashqari, Majene shahrida 10ta uy qulab tushgan, 100ta uy va tibbiy markazlarga zarar yetgan. Elektr va aloqa liniyalari zarar ko’rgan.

Zilziladan so’ng shaharda 15 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.

Meteorologiya iqlim va geofizika tashkiloti vakillari ma’lum qilishicha, zilzila ortidan kichik darajada 26 marta yer silkinish holati kuzatilgan. Shu sababli ko’p qavatli binolarda yashovchi insonlarni shoshilinch ravishda evakuatsiya qilish maslahat berilgan.

Zilzila o’chog’i Majene shahrining 6 km shimoli-sharqida, yerning 10 km chuqurligida joylashgan bo’lib, Palu va Makasar shaharlarida ham sezilgan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Indoneziya

Aloqador xabarlar