Donald Tramp:“Men zo’ravonlikni xohlamayman..."

6 yanvar kuni kongress binosiga bosqindan so’ng, ilk bor jurnalistlar huzuriga chiqqan Tramp, tartibsizliklarga munosabat bildirar ekan, “Men zo’ravonlikni xohlamayman. Bugungacha hech xohlamadim”,-dedi.

1563012
Donald Tramp:“Men zo’ravonlikni xohlamayman..."

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Texas shtatiga safari oldidan Oq uyda matbuotga brifing  berdi.

6 yanvar kuni kongress binosiga bosqindan so’ng, ilk bor jurnalistlar huzuriga chiqqan Tramp, tartibsizliklarga munosabat bildirar ekan, “Men zo’ravonlikni xohlamayman. Bugungacha hech xohlamadim”,-dedi.
Donald Tramp unga qarshi boshlangan impichment jarayonini “eng katta jodugar ovining davomi” deb atadi va prezidentlik saylovlari yakunlari bilan bog‘liq holda bundan keyin ham zo‘ravonlik qilishni istamasligini aytdi.

“Impichment dahshatli g‘azabga sabab bo‘ladi. Ammo, men hech qanday zo‘ravonlikni xohlamayman”,-deb aytgan Tramp jurnalistlar oldida so‘zlagan nutqida.

U vakillar palatasi spikeri, Demokratlar partiyasi a’zosi Nensi Pelosi va Senat yetakchisi Chuck Schumerning impichment bo’yicha urinishini “daxshatli” deb baholadi.

Tramp Kapitoliyga qilingan hujum uchun javobgarlikni his qiladimi yoki yo‘qmi, degan savolga ham javob berib o‘tdi.

Trampning aytishicha, uning 2021-yil 6-yanvardagi saylov natijalariga qarshi chiqqan respublikachi kongressmenlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan so‘zlari “mutlaqo o‘rinli”.

Tramp ayni vaqtda shaxsiy sahifasini bloklagan Twitter va ba’zi cheklovlarga qo’l urgan ijtimoiy media kompaniyalarini tanqid qildi. “Ijtimoiy media tarmoqlari ashaddiy xatoga yo’l qo’ydi deb o’ylayman”,-deb aytgan Donald Tramp.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar