Dunyoda Covid - 19 ga chalinganlar soni 90 milliondan oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga chalinganlar soni 90 milliondan oshdi.

1561846
Dunyoda Covid - 19 ga chalinganlar soni 90 milliondan oshdi
koronavirus.jpg
koronavirus.jpg
rusya covid.jpg
covid india.jpg

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1 million 953 ming 425, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 91 million 339, sog‘ayib ketganlar soni esa 65 million 349 ming nafarni ortda qoldirdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da virusdan halok bo‘lganlar soni 385 ming 249 nafar bo‘ldi. Mamlakatda o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 23 million 143 ming 197 nafar deb qayd etildi. AQSh Prezidentligiga saylangan Jo Bayden, Covid - 19 vaksinasining ikkinchi dozasini ham qabul qildi. Bayden vaksinaning ishonchli ekanini ko‘rsatish uchun birinchi dozani 21 - dekabr kuni jonli efir orqali qabul qilgandi. Mamlakatda bugungacha 9 millionga yaqin kishi Covid - 19 vaksinanidan foydalandi.

Britaniyada oxirgi 24 soatda pandemiya yuzasidan 529 kishi vafot etdi va 46 ming 169 kishida virus aniqlandi. Ushbu ma’lumotlar asosida mamlakatda Covid - 19 qurbonlari soni 81 ming 960, holat soni esa 3 million 118 ming 518 nafarga yetdi.

Italiyada Covid - 19 pandemiyasidan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 448 nafarga ortgan holda 79 ming 203 nafar bo‘ldi. Mamlakatda o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa huddi shu vaqt mobaynida 12 ming 532 nafarga ortgan holda 2 million 289 ming 21 nafar deb qayd etildi.

Fransiyada Covid - 19 pandemiyasida oxirgi 24 soatda 310 kishining Covid - 19 dan vafot etishi bilan virus qurbonlari soni 68 ming 60 nafarga chiqdi. Huddi shu vaqt mobaynida 3 ming 582 yangi holat aniqlangan mamlakatda o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 2 million 786 ming 838 nafarga yetdi. Fransiyada bugungacha 138 ming 351 kishi Covid - 19 ga qarshi emlandi.

Ispaniyada Covid - 19 dan oxirgi 3 kunda 401 kishining vafot etishi bilan qurbonlar soni 52 ming 275 nafarga yetdi. Huddi shu vaqt mobaynida 61 ming 422 yangi holatning qayd etilishi bilan virusga chalinganlar soni 2 million 111 ming 782 nafarga ko‘tarildi. Mamlakatda oxirgi ikki haftadan beri yangi holat sonlaridagi ortishning davom etishi bilan, mahalliy yetakchilik qo‘shimch choralar ko‘ra boshladi.

Portugaliya Sog‘likni Saqlash vazirligi Covid - 19 tufayli oxirgi 24 soatda 122 kishining vafot etgani va 5 ming 604 yangi holat qayd etilganini ma’lum qildi. Mamlakatda halok bo‘lganlar soni 7 ming 925 nafarga, holat soni esa 489 ming 293 ga chiqdi. Prezident Marselo Rebelo de Souza ham Covid - 19 ga chalindi. 72 yoshidagi De Souzada Covid - 19 pandemiyasi ustidan bugungacha hech qanday alomat kuzatilmagani lekin karantinada bo‘lishi ifoda etildi.

Pandemiyada 31 ming 264 kishi vafot etgan, 1 million 390 ming 385 kishi virusga chalingan Polshada Covid - 19 ga qarshi yo‘lga qo‘yilgan chora va tadbirlarning 31 - yanvargacha uzatilishi haqida qaror qabul qilindi.

Janubiy Amerika o‘lkasi Ekvadorda virusdan o‘lganlar soni 14 ming 184 nafarga, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 221 ming 506 nafarga chiqdi. Ekvadorda Covid - 19 ning Britaniyada paydo bo‘lgan va yana - da tez yoyilgan turi uchradi.

Kolumbiyada bugungacha 46 ming 114 kishi Covid - 19 tufayli vafot etdi. Mamlakatda 1 million 786 ming 900 kishi Covid - 19 ga chalindi. Tashqi Ishlar vaziri Klaudia Blyumning Covid -19 testi ijobiy chiqdi.  

Kanadada Covid - 19 tufayli oxirgi 5 kunda vafot etganlar soni 724 nafarga ortgan holda 17 ming 41 nafarga chiqdi. Mamlakatda Covid - 19 holat soni esa huddi shu vaqt mobaynida 41 ming 514 nafarga ortgan holda 666 ming 67 nafarga chiqdi. Britaniya Kolumbiyasi shtatida koronavirus pandemiyasi va yuqori dozali dorilarga tayangan o‘limlarning ortishi yuzasidan muzlatkichli yuk tashuvchi mashinalardan o‘likxona sifatida foydalanila boshladi.

Dunyoning boshqa davlatlaridagi Covid - 19 o‘lim holatlari esa quyidagicha:

Braziliya (203 ming 614), Meksika (134 ming 368), Argentina (44 ming 654), Germaniya (42 ming 97), Peru (38 ming 335), Belgiya (20 ming 122), Ukraina (19 ming 835), Chili (17 ming 162), Ruminiya (16 ming 725), Chexiya (13 ming 272), Niderlandiya (12 ming 411), Vengriya (10 ming 725).

 



Aloqador xabarlar