Afg’onistonda 2015 yildan buyon 40 mingdan ortiq inson halok bo’ldi

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani 2015 yildan buyon mamlakat miqyosida 40 mingdan ortiq inson halok bo’lganligini ma’lum qildi. Prezident bu haqda CNN televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

1561288
Afg’onistonda 2015 yildan buyon 40 mingdan ortiq inson halok bo’ldi

 

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani 2015 yildan buyon mamlakat miqyosida 40 mingdan ortiq inson halok bo’lganligini ma’lum qildi.

Ashraf G’ani bu haqda CNN televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Prezidentning so’zlariga ko’ra, 2015 yildan beri sodir bo’lgan to’qnashuvlarda NATO missiyasida xizmat qilgan 98 nafar Amerika harbiyi halok bo’lgan.

Qatar poytaxti Dohada Tolibon bilan olib borilayotgan muzokaralarga to’xtalgan Ashraf G’ani, afg’on xalqi bundan buyon o’tmishdagi qorong’u kunlarga qaytishni xohlamasligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Afg’onistonda davom etayotgan 40 yillik urushga barham berish uchun Tolibon bilan tuziladigan tinchlik kelishuvi nafaqat mintaqa davlatlari tomonidan, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham kafolat ostiga olinishi zarur.

Hukumatni qonuniy yo’llar bilan keyingi saylanadigan hukumatga topshirish istagini tilga olgan Ashraf G’ani, afg’on xalqi Tolibon ideologiyasiga majbur bo’y sunadigan jamiyat emasligini tilga oldi.

“Biz tinchlik tarafdorimiz. Barcha teng huquqli bo’lishini xohlaymiz”,-deb aytgan Ashraf G’ani.

 


Tanlangan kalimalar: #Ashraf G‘ani , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar