Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 943 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 90 mln 693 mingni tashkil qilmoqda. 64 mln 813 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1561073
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 943 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 90 mln 693 mingni tashkil qilmoqda. 64 mln 813 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 383 mingdan oshdi. Virusga chalinganlar soni 22 mln 917 mingdan ko’proq. Nyu-Yorkda koronavirusga qarshi ommaviy emlashni tezlashtirish maqsadida markaz tashkil etildi.

Meksikada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 133 ming 706 nafarga yetdi. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 1 mln 534 ming 39 nafarni tashkil qilmoqda. Tamaulipas shtatida koronavirusning mutatasiyaga uchragan yangi turi aniqlandi.

Fransiyada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 151 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 67 ming 750 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 15 ming 944ta yangi holat qayd etildi. Natijada virusga chalinganlar soni 2 mln 783 ming 256 nafarni tashkil qilmoqda.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 361 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlarning umumiy soni 78 ming 755 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 18 ming 627 kishiga oshib, 2 mln 276 ming 491 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar