Yevroittifoq BioNTech va Pfizer vaksinalaridan yana 300 mln doza sotib oladi

Yevropa Ittifoqi 21 dekabrda EMA va BioNTech-Pfizer vaksinalariga ruxsat bergandi. 27 dekabrda Yevroittifoq mamlakatlari bo’ylab ommaviy emlash boshlangandi.

1560084
Yevroittifoq BioNTech va Pfizer vaksinalaridan yana 300 mln doza sotib oladi

 

Yevroittifoq BioNTech va Pfizer vaksinalaridan yana 300 mln doza sotib oladi.

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula von der Leyen ma’lum qildi.

“Endi BioNTech va Pfizer vaksinalarini xarid qilish bo’yicha shartnomani yangilayabmiz. Yangi shartnomaga ko’ra, BioNTech va Pfizerdan qo’shimcha 300 mln doza vaksina olamiz. Natijada, BioNTech va Pfizer vaksinalaridan ikki barobarga ko’proq xarid qilgan bo’lamiz”,-deb aytgan Ursula von der Leyen.

Uning ta’kidlashicha, yangi shartnoma asosida olinadigan vaksinalarning 75 mln dozasi joriy yilning ikkinchi choragida tayyor bo’ladi.

“Mavjud portfelimiz 2.3 mlrd doza vaksinani o’z ichiga oladi. Bu barcha yevropaliklarni emlash uchun yetarli miqdor”,-deydi u.

Uning fikricha, Yevroittifoq faqat o’zini emas, balki muhtoj davlatlarni ham o’ylab ish qilishi zarur. Bu jihatdan Yevroittifoqqa yaqin qo’shni davlatlarga ham vaksina bo’yicha yordam berishi kerak.

Yevropa Ittifoqi 21 dekabrda EMA va BioNTech-Pfizer vaksinalariga ruxsat bergandi. 27 dekabrda Yevroittifoq mamlakatlari bo’ylab ommaviy emlash boshlangandi.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Pfizer , #BioNTech , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar