Qatar Fors ko‘rfazi arab davlatlari bilan hamkorlikni davom ettiradi

Qatar tashqi ishlar vaziri Al Sani Saudiya Arabistonida bo’lib o’tgan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining 41-sammitida tuzilgan kelishuv boshqa davlatlar bilan aloqalariga salbiy ta’sir ko’rsatmaganligini ma’lum qildi.

1559892
Qatar Fors ko‘rfazi arab davlatlari bilan hamkorlikni davom ettiradi

 

Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani Saudiya Arabistonida bo’lib o’tgan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining 41-sammitida tuzilgan kelishuv boshqa davlatlar bilan aloqalariga salbiy ta’sir ko’rsatmaganligini ma’lum qildi.

Al Sani bu haqda Financial Times gazetasiga bergan muloqotida ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Qatar hukumati mamlakatga nisbatan embargo joriy etgan uch davlat bilan terrorizmga qarshi kurash va xalqaro xavfsizlik bo’yicha hamkorlik qilishga rozi bo’lgan.

Ta’kidlash joizki, Ko’rfaz inqiroziga barham bergan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining 41-sammiti 5 yanvarda Saudiya Arabistonining Al-Ula shahrida bo’lib o’tgandi.

Sammitda Qatarga embargo joriy etgan davlatlar Doha hukumati bilan diplomatik munosabatlarni qayta tiklaganligini va embargo bekor qilinganligini ma’lum qilgandi.

Kelishuv doirasida Saudiya Arabistoni Qatar bilan quruqlikdagi, havo va dengiz chegaralarini ochadi. Shuningdek, Qatardan blokadani butunlay olib tashlaydi. O‘z navbatida, Qatar ham blokada bilan bog‘liq barcha da'volaridan voz kechadi.   

Qatardan blokadaning olinishi davlatlar orasida harakatlanish hamda mahsulotlar tashish imkonini beradi hamda mintaqada ko‘proq barqarorlikka olib keladi.

Eslatish joizki, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr 2017 yilning yozida Qatarni o‘z ichki ishlariga aralashganlikda va terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilgandi. Buning ortidan Qatarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar va transport blokadasi kiritilgandi. Jumladan, 4 arab davlati Qatar aviatsiyasi uchun o‘z havo hududlarini yopgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qatar

Aloqador xabarlar