AQSh prezidenti Donald Tramp mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi

Tramp endilikda hokimiyatni saylangan prezident Jo Baydenga ravon o‘tishini ta'minlashga katta e'tibor berishga va'da berdi. U 20 yanvarda hokimiyatning yangi ma'muriyati ish boshlashini qo’shimcha qildi.

1559744
AQSh prezidenti Donald Tramp mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlari natijalari bo‘yicha barcha huquqiy imkoniyatlardan foydalanganini ma’lum qildi.

Biroq, endi murosa qilish vaqti yetib kelganini aytgan Tramp, endilikda hokimiyatni saylangan prezident Jo Baydenga ravon o‘tishini ta'minlashga katta e'tibor berishga va'da berdi. U 20 yanvarda hokimiyatning yangi ma'muriyati ish boshlashini qo’shimcha qildi.

Tramp tarafdorlari tomonidan kongress binosining bosib olinishi ortidan yuzaga kelgan vaziyat tufayli twitterda videomurojaat bilan chiqish qildi.

Kongressga sodir etilgan bosqinni “o’ta xunuk voqea” deb atagan Tramp: “Barcha amerikaliklar kabi men ham zo’ravonlik, qonunni toptash va tartibsizliklardan bezovta bo’ldim. Amerika doimo huquq davlati bo’lib kelgan, bundan keyin ham shunday bo’lishi kerak”,-dedi.

Ayni vaqtda, Tramp 6 yanvarda saylovlar natijalarining tasdiqlanishi vaqtida Kapitoliyda yuz bergan tartibsizliklarni qoralagan va aybdorlarni jazolashga va'da bergan.

Mamlakat o’ta mashaqqatli va shovqinli saylov jarayonini boshidan o’tkazganligini aytgan Tramp: “Endi hovurdan tushib, tinchlikni tiklash lozim. Shtatim saylov natijalariga e’tiroz bildirish uchun barcha huquqiy yo’llarni sinab ko’rdi. Mening birgina maqsadim saylov xavfsizligini ta’minlash edi. Men Amerika demokratiyasini himoya qilish uchun kurashyabman”, -dedi.

2020 yil Amerika uchun o’ta qiyin, sinovlarga boy yil bo’lganini aytgan Tramp, uni qo’llab-quvvatlagan tarafdorlariga shunday murojaat qildi:

“Aziz tarafdorlarim, bilaman umidlaringiz puchga chiqdi. Biroq, shuni bilishingizni istardim, bizning g‘aroyib sayohatimiz endi boshlanmoqda”.

Eslatma: 6 yanvarda Tramp tarafdorlari Vashingtonda kongress binosiga bostirib kirishgan va tartibsizliklar sodir etishgan. Tartibsizliklar sababli kongress binosida saylov natijalarini tasdiqlash bo’yicha o’tkazilayotgan yig’ilish to’xtatilgan va yig’ilishni boshqarayotgan vitse-prezident Mayk Pens va Senatorlar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingandi.

Politsiya kongress binosiga bostirib kirgan olomonni qalampir gazi bilan to’xtatishga uringan. Voqealar oqibatida 4 kishi halok bo’lgandi. Mamlakatda 15 kunlik favqulodda holat e’lon qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar