Jo Bayden kongress binosini bosib olganlarni mahalliy terroristlar deb atadi

“Ular namoyishchi emas. Ular isyonchilardir. Ular mahalliy terroristlardir. Tramp demokratik tashkilotlarimizga qarshi yoppasiga hujum boshlatdi”,-deb aytgan Jo Bayden.

1559670
Jo Bayden kongress binosini bosib olganlarni mahalliy terroristlar deb atadi

 

AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden kongress binosini bosib olganlarni mahalliy terroristlar deb atadi.

Uning fikricha, Kongress binosiga sodir etilgan bosqin Amerika tarixida eng qorong’u kunlardan biridir.

“Ular namoyishchi emas. Ular isyonchilardir. Ular mahalliy terroristlardir. Tramp demokratik tashkilotlarimizga qarshi yoppasiga hujum boshlatdi”,-deb aytgan Jo Bayden.

Mamlakatdagi tartibsizliklar ortidan davlat mulozimlari birin-ketin iste’foga chiqmoqda.

Xususan, Donald Trampning turmush o'rtog'i Melaniya Trampning maslahatchisi va Oq uyning sobiq matbuot kotibi Stefani Grishem isteʼfoga chiqdi.

Protokol boʻlimi kotibi Rikki Niseta bilan Oq uy matbuot kotibi oʻrinbosari Sara Mettyu ham isteʼfoga chiqishga qaror qilishdi.

Mahalliy nashrlarning qayd etishicha, Niseta va Grishem Tramp maʼmuriyatida eng uzoq vaqt xizmat qilgan xodimlardan biri boʻlgan. Grishem 2015-yilgi saylovoldi kampaniyada Tramp bilan ishlashni boshlagandi, Niseta esa 2017-yilda prezident maʼmuriyatiga qabul qilingandi.

Bundan tashqari, transport vaziri Elaine Chao tartibsizliklardan Donald Trampni javobgar deb topib, 11 yanvardan e’tiboran iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

Eslatish joizki, 6 yanvar kuni AQSh poytaxti Vashingtonda Donald Tramp tarafdorlari namoyishi boshlangandi. Namoyishlar vaqtida Tramp tarafdorlari kongress binosiga bostirib kirishga urinishgan. Ular saylovlar natijalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tayotgan Kapitoliy binosi oldidagi to‘siqlardan oshib o‘tgan.

Tartibsizliklar sababli kongress binosida saylov natijalarini tasdiqlash bo’yicha o’tkazilayotgan yig’ilish to’xtatilgan va yig’ilishni boshqarayotgan vitse-prezident Mayk Pens va Senatorlar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingandi.

Politsiya kongress binosiga bostirib kirgan olomonni qalampir gazi bilan to’xtatishga uringan. Voqealar oqibatida 4 kishi halok bo’lgandi. Kongress binosiga bosqin paytida politsiyaning o’q uzishi oqibatida jarohatlangan ayol hayotdan ko’z yumgandi. Ushbu ayol havo kuchlarining 12 yillik sobiq harbiyi ekanligi aniqlandi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar