JSSTning ilmiy hay’atining Xitoyga kirishiga ruxsat berilmadi

Gebreyesus, kecha JSSTning Shveytsariyaning Jeneva shahridagi markazida, videomuloqat orqali 2021 - yilning birinchi matbuot anjumanini uyushtirdi.

1558556
JSSTning ilmiy hay’atining Xitoyga kirishiga ruxsat berilmadi

Jahon Sog‘likni Saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori doktor Tedros Adhanom Gebreyesus, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ning kelib chiqishini aniqlamoqchi bo‘lgan xalqaro mutaxassislardan tashkil topgan ilmiy hay’atning Xitoyga kirishiga ruxsat berilmasligidan katta umidsizlikka tushganini qayd etdi.

Gebreyesus, kecha JSSTning Shveytsariyaning Jeneva shahridagi markazida, videomuloqat orqali 2021 - yilning birinchi matbuot anjumanini uyushtirdi.

Unda, Covid - 19 ning kelib chiqish masalasi ustidan faoliyat olib borish rejasi bilan bu hafta Xitoyga borishi kutilgan xalqaro olimlarning vaziyatiga to‘xtalgan Gebreyesus,

“Xitoylik rasmiylarning Xitoyga boradigan hay’at uchun kerakli ruxsatni hanuz bermaganligi haqida ma’lumot oldik. Hay’atning ikki a’zosining (Xitoyga bo‘lgan) safarini allaqachon boshlagani va qolganlarining ham oxirgi daqiqada sayohat qilolmasligi haqidagi xabar meni katta umidsizlikka tushirdi”. - dedi.  

Oliy darajali xitoylik rasmiylar bilan aloqada ekanliklarini eslatib o‘tgan Gebreyesus, virusning kelib chiqish sababini izlashtirish masalasi JSST va xalqaro hay’at uchun ustivor masalasi ekanini xitoylik rasmiylarga yana bir bor ochiq - oydin yetkazganini ifoda etdi.

JSST qoshidagi Favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mayk Ryan esa viza muammosining JSST ilmiy hay’atining Xitoyga kirishiga to‘siqlik qilganini bildirdi.

Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Xua Chunying esa poytaxt Pekinda uyushtirilgan navbatdagi matbuot anjumanida, JSST hay’atining Xitoyga kirib, Covid - 19 ning kelib chiqish sababini izlashtirishi masalasida hamkorlik ichida ekanliklarini va yaqin aloqalarining davom etganini qayd etdi.  

Xitoyning bir tomondan bor kuchi bilan o‘z ichida pandemiyaga qarshi kurashayotgani, ikkinchi tomondan esa mutaxassislar uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini eslatib o‘tgan Xua, mutaxassislarga surishturuv borasida eng a’lo darajadagi imkonlarni yaratishga uringanliklarini yetkazdi.

 



Aloqador xabarlar