Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 87 mlnga yaqinlashdi

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 364 mingdan oshdi. Virusga chalinganlar soni 21 mln 500 mingdan ko’proq.

1558370
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 87 mlnga yaqinlashdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 872 mingdan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 86 mln 685 mingni tashkil qilmoqda. 61 mln 348 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 364 mingdan oshdi. Virusga chalinganlar soni 21 mln 500 mingdan ko’proq. Mamlakatning Kaliforniya shtatiga qarashli Los Anjelos salomatlik xizmati boshqarmasi shifoxonalardagi reanimatsiya bo’limlari bemorlarga to’lganligi sababli yashash ehtimoli zayif bo’lgan bemorlarga shoshilinch yordam ko’rsatmaslikni taklif qildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 629 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlarning umumiy soni 76 ming 329 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 15 ming 378 kishiga oshib, 2 mln 181 ming 619 nafarni tashkil qilmoqda. Italiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, koronavirusga qarshi qat’iy karantin cheklovlari davom etadi. Shaharlararo sayohat cheklovi 15 yanvarga qadar uzaytirildi. Dam olish kunlari restoranlar va barlar yopiq bo’ladi.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 830 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 76 ming 305 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 2 mln 774 mingdan oshdi. Oxirgi bir haftada qurbonlar sonida 45.3 foiz, virus yuqtirib olganlar sonida 119 foiz ortish kuzatildi. Mamlakatda koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi tarqalgandi. U koronavirusning eski variantiga ko’ra yana ham tezroq tarqalish xususiyatiga ega.

Fransiyada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 346 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 66 ming 282 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 20 ming 489ta yangi holat qayd etildi. Shu bilan virusga chalinganlar soni 2 mln 680 ming 239 nafarni tashkil qilmoqda.

Germaniyada pandemiya tufayli vafot etganlar soni 36 ming 510 nafarni tashkil qilmoqda. Virusga chalinganlar soni 1 mln 804 mingdan ko’proq. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, 20 dekabrda Britaniyadan kelgan bir yo’lovchida koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi aniqlangan. Mamlakatda 16 dekabrda joriy etilgan karantin cheklovlari 31 yanvarga qadar davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar