Vashingtonda Tramp tarafdorlari kongress binosiga bostirib kirishdi

AQSh poytaxti Vashingtonda Donald Tramp tarafdorlari namoyishi boshlandi. Ro’y berayotgan tartibsizliklar tufayli mahalliy vaqt bilan soat 18:00dan boshlab komendantlik soati joriy etildi.

1558791
Vashingtonda Tramp tarafdorlari kongress binosiga bostirib kirishdi

 

AQSh poytaxti Vashingtonda Donald Tramp tarafdorlari namoyishi boshlandi. Ro’y berayotgan tartibsizliklar tufayli mahalliy vaqt bilan soat 18:00dan boshlab komendantlik soati joriy etildi.

Namoyishlar vaqtida Tramp tarafdorlari kongress binosiga kirishga urinishgan. Ular saylovlar natijalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tayotgan Kapitoliy binosi oldidagi to‘siqlardan oshib o‘tgan.

Tartibsizliklar sababli kongress binosida saylov natijalarini tasdiqlash bo’yicha o’tkazilayotgan yig’ilish to’xtatilgan va yig’ilishni boshqarayotgan vitse-prezident Mayk Pens binodan xavfsiz joyga chiqarilgan.

Politsiya kongress binosiga bostirib kirgan olomonni qalampir gazi bilan to’xtatishga uringan.

Prezident Donald Tramp internet tarmoqlari orqali namoyishchilarni sukunatga chaqirgan. Voqealar sababli poytaxtda komendantlik soati e’lon qilindi.

AQSh prezidenti Donald Tramp tartibsizliklar boshlanishidan avval prezident saylovlari natijalarini hech qachon tan olmasligini ma’lum qilib, kurashdan aslo toymasligini ma’lum qilgandi.

Tramp aslida saylov g’olibi o’zi ekanligini ilgari surib, “Mag’lubiyatni aslo tan olmayman va taslim bo'lmayman!”,-deb aytgandi.

Eslatma: AQShda 2020 yil 3 noyabrda bo'lib o‘tgan prezident saylovlari natijalariga ko‘ra, demokrat Jo Bayden g‘alaba qozondi. Baydenga 306 saylovchi, Trampga esa 232 saylovchi ovoz bergandi. Biroq, Tramp mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortib kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Vashington , #Donald Tramp , #AQSh

Aloqador xabarlar