Yevropa davlatlarida koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Serbiyada koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Dastlab, Serbiya bosh vaziri Ana Brnabich koronavirusga qarshi emlandi. U Pfizer vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan.

1551781
Yevropa davlatlarida koronavirusga qarshi emlash boshlandi

 

Dunyoda global xatar – koronavirus oqibatlari kundan kunga og’irlashib borar ekan, butun nigohlar vaksina ishlab chiqarish faoliyatlariga qaratilgan. Dunyoda eng ishonchli deb atalayotgan Pfizer-BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasi ko‘plab mamlakatlarda qabul qilish uchun yaroqli deb topilgan.

Yevropa Ittifoqi ham a'zo mamlakatlari hududida ushbu vaksinadan foydalanishga ruxsat bergan.  Shu sababli, Pfizer-BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasi Yevropa mamlakatlariga tarqatila boshladi.

Ba’zi davlatlarda esa koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlab yuborilgan. Jumladan, Serbiyada koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Dastlab, Serbiya bosh vaziri Ana Brnabich koronavirusga qarshi emlandi. U Pfizer vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan.

Irlandiya sog’liqni saqlash vaziri Stefan Donelly mamlakatda Pfizer-BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasiga ruxsat berilganligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, 30 dekabrdan boshlab Irlandiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi.

Bundan tashqari, Meksika ham Pfizer-BioNTech vaksinalaridan 3 ming doza sotib oldi. Vaksina birinchilardan bo’lib, shifoxonaning reanimatsiya bo’limida xizmat qilgan bir hamshiraga emlangan. Natijada, 59 yoshli hamshira Maria Ramirez Lotin Amerikada koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan birinchi ayol bo’ldi.

Yana 53 ming doza kelgusi seshanba kuniga qadar Meksikaga yetib kelishi kutilmoqda. 2021 yil o’rtalarigacha sotib olingan vaksina miqdori 12 mln dozaga yaqinlashadi.

Argentina esa, Rossiyaning “Sputnik-V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi. Rossiyadan 300 ming doza vaksina ortilgan samolyot Argentina poytaxti Buenos Airesga qo’ndi. Fevral oyiga qadar taxminan 19 mln doza yetkazilishi kutilmoqda.

Vaksina birinchi navbatda yuqori xavf guruhiga kiruvchi kishilar jumladan,75 yoshdan kattalar, surunkali kasalliklarga ega bo‘lganlar, so‘ngra 65 yoshdan kattalar va tibbiy xodimlarga emlanadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Pfizer-BioNTech , #vaksina , #Yevropa

Aloqador xabarlar