Falastinda 2.4 million kishi yordamga muhtoj

Falastinda 2.4 million kishining yordamga muhtoj ekani ma’lum qilindi.

1549462
Falastinda 2.4 million kishi yordamga muhtoj

Falastinda 2.4 million kishining yordamga muhtoj ekani ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin sharqdagi tinchlik jarayoni maxsus koordinatori Nikolay Mladenov tashkilotning Xavfsizlik kengashiga bergan ma’lumotida, Falastin aholi sonining 47 foizining kelasi yili insonparvarlik yordamiga muhtoj bo‘lishiga e’tibor qaratdi.

Mladenov Falastinda haligacha 2.4 million kishining insonparvarlik yordamiga muhtoj ekanini ifoda etgan holda xalqaro hamjamiyatni, falastinliklarga 417 million AQSh dollari miqdorida yordam berishga chaqirdi.

Isroilning noqonuniy ravishda turar - joy punktlari tashkil etish rejalarini kengaytirishni davom etganini ta’kidlagan Mladenov, ushbu turar - joy punktlarining xalqaro huquq va BMT qarorlarini ochiq - oydin paymol qilganini esaltib o‘tgan holda, isroillik rasmiylardan turar - joy punktlari tashkil etish rejalari va falastinliklar mulkini vayron qilish harakatlaridan voz kechishini yana bir bor talab qildi.   


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Nikolay Mladenov

Aloqador xabarlar