Pfizer/BioNTech vaksinalari Kanaga yetib keldi

Pfizer-BioNTech vaksinalari bugundan boshlab mamlakat miqyosida 10ta federal hududga bepul tarqatila boshlaydi. Koronavirusga qarshi vaksina avvalo mamlakatning Quebec shtatidan boshlanadi.

1545137
Pfizer/BioNTech vaksinalari Kanaga yetib keldi

 

AQShning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqarilgan vaksinaning birinchi partiyasi Kanadaga yetib bordi.

Ayni paytda Kanadada koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiyaga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Kanada Buyuk Britaniyadan so‘ng ikkinchi bo‘lib koronavirusga qarshi Pfizer-BioNTech vaksinasini favqulodda vaziyatlarda qo‘llashga ruxsat berdi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hukumat barcha kanadaliklar uchun vaksina bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashini va insonlar bepul vaksina olishini ma’lum qildi.

U internet tarmoqlari orqali Kanadaga 30 ming doza vaksina yetib kelganligini e’lon qildi.

“Bu juda yaxshi xabar. Biroq, COVID-19ga qarshi kurashimiz hali tugamadi. Endi har doimgidan ham ehtiyotkorroq bo’lishimiz zarur”,-deb aytgan Kanada bosh vaziri.

Pfizer/BioNTech vaksinalari bugundan boshlab mamlakat miqyosida 10ta federal hududga bepul tarqatila boshlaydi. Koronavirusga qarshi vaksina avvalo mamlakatning Quebec shtatidan boshlanadi.

Tegishli vakillarning ma’lum qilishicha, ommaviy vaksinatsiya avvalo 60 yoshdan kattalardan boshlanadi. Shu sababli, bugundan boshlab Quebec shtatidagi ikkita qariyalar uyida koronavirusga qarshi emlash boshlanadi.

Ma’lumotga ko’ra,  Kanada kelgusi yil mart oyigacha 40 milliondan kamroq aholisi uchun 4 mlndan ortiq doza vaksina sotib oladi.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Pfizer/BioNTech , #Kanada

Aloqador xabarlar