Merkel, Covid-19 ga qarshi vaksina o‘ylab topgan turk muhojir oilasi farzandlariga maqtov yog‘dirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel, Covid-19 ga qarshi vaksina o‘ylab topgan turk muhojir oilasi farzandlariga maqtov yog‘dirdi.

1541571
Merkel, Covid-19 ga qarshi vaksina o‘ylab topgan turk muhojir oilasi farzandlariga maqtov yog‘dirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi vaksina o‘ylab topgan BioNTech asoschilaridan turk muhojir oilasi farzandi professor doktor Ug‘ur Shahin va uning rafiqasi doktor O‘zlem Turejiga maqtov yog‘dirdi.

Merkel, Germaniyaning 16 shahrida turk va nemis tilida faoliyat olib borgan “Metropol Fm” ga bergan bayonotida,

“Vaksina ishlab chiqarganlardan birining turk millatiga mansub Ug‘ur Shahin va uning rafiqasi O‘zlem Tureji ekanidan va BioNTech bilan Pfizerga vaksina uchun eng asosiy ilmiy mavzular jihatidan hissalar qo‘shganidan judayam xursand bo‘ldim”. – dedi.

BioNTech tomonidan tayyorlangan vaksinaning yanvar oyining boshidan e’tiboran Yevropada foydalanila boshlashini yodga solgan Merkel ayni vaqtda Covid – 19 pandemiyasining oldini olish uchun jamiyatning 70 foizining immuniteti ko‘tarilishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Merkel,

“Bunchalik insonni emlash uchun oylab vaqt kerak. Shunday ekan avvalom bor keksalar va tibbiy xodimlarga yo‘l berilishi lozim. 2021 – yilning ikkinchi yarmi yana – da ko‘proq vaksina bo‘ladi lekin qish oylarini hisobga olsak unda yetarli emlash ishlarini olib borish imkonsiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Turklarda oila buyuklariga bo‘lgan hurmat alohida o‘ringa ega lekin ayniqsa ularni asrab – avaylash darkor. Turkiyada oilaning o‘rni bo‘lakcha ekanini bilaman. Jamiyatda immunitet ko‘tarilishiga qaramay yana bir muddat yaqinlarimiz bilan ijtimoiy masofani himoya qilishga majburmiz”. – deya gapirdi.   



Aloqador xabarlar