Merkel, Covid - 19 ga qarshi kurashda ijtimoiy aloqani yana da kamaytirishga chaqirdi

Merkel, videomuloqat orqali shtat rahbarlari bilan Covid – 19 masalasi ustidan uyushtirgan yig‘ilish ortidan, bayonotlar berdi.

1529088
Merkel, Covid - 19 ga qarshi kurashda ijtimoiy aloqani yana da kamaytirishga chaqirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurashda ijtimoiy aloqani yana da kamaytirishga chaqirdi.

Merkel, videomuloqat orqali shtat rahbarlari bilan Covid – 19 masalasi ustidan uyushtirgan yig‘ilish ortidan, bayonotlar berdi.  

Bugungacha Covid – 19 ga qarshi ko‘rilgan chora va tadbirlarning, pandemiyaning battar o‘sishiga monelik qilganini eslatib o‘tgan Merkel,

“Ijtimoiy aloqani uzishlik yaxshidir. Shuning uchun yana bir bor ochiq aytaman, maxsus ziyofat va bayramlashlardan uzoq turing”. – dedi.

Pandemiyaga qarshi kurash masalasida 25 – noyabr kuni takror bir yig‘ilish o‘tkazilishini ma’lum qilgan Merkel, kelasi haftadagi yig‘ilishda, 30 – noyabr kuni yakunlanishi rejalashtirilgan cheklovlarning yana – da tig‘iz kun tartibida bo‘lishini bildirdi.

Merkel shuningdek, ehtiyoji borlarga 15 FFP2 modelidagi niqoblarni kam hissa bilan tarqatish haqida qaror qabul qilganliklarini ifoda etdi.


Tanlangan kalimalar: #Germaniya , #Angela Merkel , #Covid-19

Aloqador xabarlar