Bahraynga valiahd shahzoda bosh vazir etib tayinlandi

Bahrayn bosh vaziri Xalifa bin Salmon Al Xalifa  85 yoshda vafot etgan. Uning o’rniga valiahd shahzoda Salmon bin Hamad bin Iso Al Xalifa bosh vazir etib tayinlangan.

1526634
Bahraynga valiahd shahzoda bosh vazir etib tayinlandi

 

Bahrayn qiroli Hamad bin Iso Al Xalifa valiahd shahzoda Salmon bin Hamad bin Iso Al Xalifani yangi bosh vazir etib tayinladi.

Bu haqda Bahrayn rasmiy xabar agentligi BNA xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Bahrayn bosh vaziri Xalifa bin Salmon Al Xalifa  85 yoshda vafot etgan. Uning o’rniga valiahd shahzoda Salmon bin Hamad bin Iso Al Xalifa bosh vazir etib tayinlangan.

Bahrayn qirollik devoni ma'lum qilishicha, 49 yil bosh vazir lavozimi boshqargan, shu sababli eng uzoq muddatga bosh vazirlik maqomini egallagan davlat arbobi unvoniga ega bo’lgan Xalifa bin Salmon Al Xalifa kecha AQShda davolanayotgan shifoxonada vafot etgan.

Bosh vazir Xalifa bin Salmon Al Xalifaning vafoti munosabati bilan mamlakatda bir hafta milliy motam e’lon qilindi.



Aloqador xabarlar