Fransiyada umummilliy karantin tufayli insonlar Parijni tark etmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xalqqa murojaatida global xatar – koronavirus tufayli mamlakat hududida umummilliy karantin joriy etilganligini e’lon qildi.

1518830

Shuningdek, mamlakat hududlari o‘rtasida odamlarning harakatlanishi taqiqlanganligini e’lon qildi. Cheklov choralari kamida noyabr oxirigacha amal qilishi kutilmoqda.

Shu tufayli, minglab insonlar kecha kechqurundan boshlab poytaxt Parijni tark eta boshladi. Hatto, bu holat shahar transport qatnovini ham qiyin ahvolga soldi. Ile-de-France ko’chalarida 700 km lik uzun kortejlar hosil bo’ldi.

Fransiya matbuotida yozilgan xabarlarga ko’ra, poytaxt aholisi karantinni ko’p qavatli torgina uylarda o’tkazish o’rniga chekka hududlardagi tabiat qo’ynida o’tkazish uchun shaharni tark etishmoqda.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, yangi qoidalar koronavirusning ikkinchi to‘lqinidagi jiddiy oqibatlarni oldini olish maqsadida kiritilmoqda.

Eslatish joizki, Fransiyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 36 mingdan oshdi. Virus yuqtirib olganlar soni so’nggi bir kunda 47 ming 637 kishiga oshib, 1 mln 282 ming 769 nafarni tashkil qilmoqda.

Tanlangan kalimalar: #karantin , #koronavirus , #Fransiya

Aloqador xabarlar