Si Jinping:"Xitoyning ichki ishlariga aralashmang!"

Xitoy davlat rahbari Si Jinping, Yevroittifoq kengashi rahbari Charles Michel, Yevroittifoq komissiyasi rahbari Ursula von der Leyen va Germaniya kantsleri Angela Merkel videokonferensiya shaklida uchrashuv o’tkazdi.

1490738

Bu haqda Xinhua xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, mazkur uchrashuvda Yevroittifoq-Xitoy munosabatlari muhokama qilindi.

Xitoy davlat rahbari Si Jinping boshqa davlatlarning Xitoy ichki ishlariga aralashishiga qat’iyan qarshi ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, tashqi kuchlarning mamlakatda barqarorsizlik, kelishmovchilik va siyosiy bo’xron keltirib chiqaradigan tashabbuslariga aslo yo’l qo’ymasligini ta’kidladi.

Xitoyning Shinjon uyg’ur avtonom mintaqasi va Hongkong maxsus ma'muriy viloyati bilan bog’liq masalalarga to’xtalgan Shi Jinping ularning milliy manfaatini himoya qilishdan mas’ul ekanligini tilga oldi.

Qolaversa, Xitoy va Yevropa Ittifoqi tinchlik muhitida hamjihatlikda yashash, hamkorlik va ko’p millatli tizim tamoyiliga bo‘lgan e'tiqod va ishonchini yo‘qotmasligi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Tanlangan kalimalar: #Si Jinping , #Angela Merkel , #Xitoy

Aloqador xabarlar