Merkel:"O’rta yer dengizidagi taranglikni tinch yo’l bilan hal qilish mumkin"

“Men Turkiya bilan Gretsiya o’rtasidagi taranglikning avj olishini oldini olishga harakat qilyabman. Bu faqat tomonlarning o’zaro muloqoti bilangina hal bo’ladi. Germaniya o’zaro murosani yo’lga qo’yishga harakat qilmoqda”,-deb aytgan Angela Merkel.

1480854
Merkel:"O’rta yer dengizidagi taranglikni tinch yo’l bilan hal qilish mumkin"

 

Germaniya kantsleri Angela Merkel sharqiy O’rta yer dengizidagi taranglikni tinch yo’l bilan hal qilish mumkinligini ma’lum qildi.

“Men Turkiya bilan Gretsiya o’rtasidagi taranglikning avj olishini oldini olishga harakat qilyabman. Bu faqat tomonlarning o’zaro muloqoti bilangina hal bo’ladi. Iqtisodiy hududlarning taqsimlanishiga doir kelishmovchiliklar faqatgina birgalikda muhokama qilinadi. Germaniya o’zaro murosani yo’lga qo’yishga harakat qilmoqda”,-deb aytgan Angela Merkel.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bu mavzu bo’yicha tez-tez muloqot qilganini ta’kidlagan Merkel, Turkiya va Gretsiya NATOning ittifoqdoshi ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Bu NATOga a’zo ikki davlat o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik. Shuning uchun ham ittifoq tarkibidagi bunday masalalarga aniqlik kiritish zarur”,-deb ilova qiladi Merkel.

Shu kunlarda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan muloqot rejalanmaganligini aytgan Merkel: “Biroq, prezident bilan tez-tez gaplashib turibmiz. Har doimgidek, biron uchrashuv bo’lsa sizlarga ma’lumot beramiz”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar