Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimi Ammonga safar qildi

Mustafo al-Kozimi Ammonga tashrifi chog’ida Iordaniya qiroli 2-Abdulloh va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy tomonidan qabul qilinadi.

1478735
Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimi Ammonga safar qildi

 

Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimi Iroq, Iordaniya va Misr o’rtasidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etish maqsadida Ammonga safar qildi.

Bu haqda Iroq bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, bosh vazir Mustafo al-Kozimi boshchiligidagi Iroq delegatsiyasi uch tomonlama sammit munosabati bilan Ammonga jo’nab ketdi.

Mustafo al-Kozimi Ammonga tashrifi chog’ida Iordaniya qiroli 2-Abdulloh va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy tomonidan qabul qilinadi.

“Iroq, Iordaniya va Misr o’rtasidagi uch tomonlama sammit uchala mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorlik, savdo va yirik investitsiya loyihalari bo’yicha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi”,-deyiladi ma’lumotda.

Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimi 7 mayda lavozimga tayinlangach, dastlabki rasmiy ziyoratini Eronga, so’ngra AQShga amalga oshirgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mustafo al-Kozimi , #Iordaniya , #Misr , #Iroq

Aloqador xabarlar