Makronning Turkiya haqidagi so‘zlariga fransuz matbuoti ham qattiq e’tiroz bildirmoqda

Fransiyaning, “Radio France” milliy radiokanalining xalqaro eshittirishlar yetakchisi Jean – Mark Four, xalqaro huquq va siyosiy jihatdan Fransiyaning Turkiyaga “saboq beradigan” vaziyatda emasligini qayd etdi.

1442844
Makronning Turkiya haqidagi so‘zlariga fransuz matbuoti ham qattiq e’tiroz bildirmoqda

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Turkiyaning Liviyada “Xavfli o‘yin” o‘ynaganligi haqidagi so‘zlariga fransuz matbuoti ham qattiq e’tiroz bildirmoqda.

Fransiyaning, “Radio France” milliy radiokanalining xalqaro eshittirishlar yetakchisi Jean – Mark Four, xalqaro huquq va siyosiy jihatdan Fransiyaning Turkiyaga “saboq beradigan” vaziyatda emasligini qayd etdi.

Euronewsda o‘rin olgan ma’lumotga ko‘ra Liviyadagi voqealar haqida “Jimjirt o‘tiradigan poytaxt bo‘lsa, u ham Parijdir” degan Four,

“Xalqaro huquq jihatidan inqirozdan Fransiya javobgar. Liviyadagi betartiblik, 2011 – yili, ana shu davrning prezidenti Nikolas Sarkozy bilan boshladi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Fransiyaning Liviyadagi noqonuniy kuchlarning lideri Halifa Hafterni qurol – yaroq bilan ta’minlaganligi haqida bir necha jiddiy dalil borligini eslatib o‘tgan fransuz jurnalist,

“2016 – yili fransuz yashirin xizmatining uch a’zosining Bingazidagi o‘limi va Amerika Qo‘shma Shtatlarinnig faqatgina Fransiyaga sotgan qurollarining Liviyada o‘rtaga chiqishining bulardan faqatgina ikkitasi ekanligini” qayd etdi.

Four, fransuz diplomatiyasining “Liviyada, deyarli ochiq - oydin” Hafterni qo‘llab – quvvatlashining ham huquqiy jihatdan javobga tortilishi kerakligini ifoda etdi.

Turkiyaning Birlashgan Milatlar tomonidan qonuniy jihatdan tan olingan Milliy kelishuv hukumatini qo‘llab – quvvatlaganini eslatib o‘tgan fransuz jurnalist,

“Aslida bu borada ham Anqara, xalqaro huquq qoidalariga Parijda ko‘proq amal qilmoqda. Ya’ni aslida Liviyada xavfli o‘yin o‘ynagan Fransiyadir” deya gapirdi.

Fransiyaning huquqiy olaroq hato qilganini ta’kidlagan jurnalist, siyosiy olaroq ham Hafterni qo‘llab – quvvatlab, noto‘g‘ri yo‘l tutganligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar