AQShda namoyishchilar Andrev Jeksonning haykalini buzmoqchi bo'lishdi

Qora tanli Jorj Floydning o’limidan so’ng irqchilikka qarshi namoyishlar avj olgan AQShda so'nggi kunlarda mashhur insonlarning haykallarini buzish odatga aylandi. Bu odat Oq saroygacha yetib keldi.

1441517
AQShda namoyishchilar Andrev Jeksonning haykalini buzmoqchi bo'lishdi

 

AQShda Oq uy oldidagi Lafayette Parkda to’plangan namoyishchilar mamlakatning sobiq prezidentlaridan biri Andrev Jeksonning haykalini buzib tashlamoqchi bo’lishdi.

Qora tanli Jorj Floydning o’limidan so’ng irqchilikka qarshi namoyishlar avj olgan AQShda so'nggi kunlarda mashhur insonlarning haykallarini buzish odatga aylandi. Bu odat Oq saroygacha yetib keldi.

"Lafayette Park"ning ramziga aylangan AQShning 7-prezidenti Jeksonning haykalini arqon bilan bog’lagan namoyishchilar haykalni ag’darishga harakat qildi.

Politsiya namoyishchilarni ko’zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatishga kirishdi va haykal atrofini o’rab oldi.

Qora tanli xalqning o’z yerlaridan ko’chirilishi to'g'risidagi qonunga asos solgan, bu qonun natijasida juda ko’p qora tanli xalqning o’limiga sabab bo’lgan Jackson sanoqsiz qullarga hukmronlik qilishi bilan shuhrat qozongandi.

Ushbu voqeaga twitter orqali norozilik bildirgan AQSh prezidenti Donald Tramp: “Lafayette Parkning ichida joylashgan Andrev Jekson haykaliga nisbatan uyushtirilgan hujum natijasida bir necha kishi qo’lga olindi”,- deb yozdi.

Prezident Tramp tartibbuzarlarga qonunlar asosida 10 yil qamoq jazosi berilishi mumkinligini ham eslatib o’tdi.

So’nggi bir necha haftada AQShning turli shtatlarida o’rin olgan qullik tuzimi davridagi boshqaruvchilarning va qo’mondonlarning haykallari namoyishchilar tomonidan buzish yoki yoqib yuborish holatlari kuzatilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Jorj Floyd , #Oq uy , #AQSh , #Andrev Jekson

Aloqador xabarlar