Pentagon AQShning Yaqin sharqdagi operatsiyalarida tinch aholi o'limlari haqida hisobot berdi

Hisobotga ko’ra, Iroq, Suriya, Afg’oniston va Somalida AQSh harbiylari tomonidan olib borilgan operatsiyalarda Suriyada 22 nafar, Afg’onistonda 108 nafar, Somalida 2 nafar bo’lib, jami 132 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan.

1412710
Pentagon AQShning Yaqin sharqdagi operatsiyalarida tinch aholi o'limlari haqida hisobot berdi

 

AQShning Yaqin sharqdagi operatsiyalarida o’tgan yilning o’zida 132 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

Pentagon “2019 yil AQSh operatsiyalarida tinch aholi o’limlari bo’yicha hisobot”ini kongressga taqdim etdi.

Hisobotga ko’ra, Iroq, Suriya, Afg’oniston va Somalida AQSh harbiylari tomonidan olib borilgan operatsiyalarda Suriyada 22 nafar, Afg’onistonda 108 nafar, Somalida 2 nafar bo’lib, jami 132 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan.

Shuningdek, Afg’onistondan 75 kishi, Iroq va Suriyadan 13 kishi, Somalidan 3 kishi bo’lib, jami 91 kishi jarohatlangan.

Biroq, ekspertlarning fikricha bu ma'lumotlar haqiqatdan ancha yiroq. Operatsiyalarda tinch aholi o’limlari soni bundan ancha ko’p.

Buyuk Britaniyaga qarashli "Air Wars" nodavlat tashkiloti AQShning DEAShga qarshi operatsiyalarida tinch aholi o’limlari haqida hisobot tayyorladi.

Hisobotga ko’ra, 2019 yili AQSh faqatgina Iroq va Suriyaning o'zida DEAShga qarshi operatsiyalar ko’lamini kamaytirishiga qaramay, kamida 538 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan. Somalidagi operatsiyalarda esa kamida 36 nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan.

Xalqaro amnistiya tashkiloti Pentagonning hisobotida haqiqat yoritilmaganligini bildirdi. Pentagon 2017 va 2018 yillardagi hisobotida bo’lganidek, 2019 yildagi hisobotida ham o’limlar sonini ancha kamaytirgan holda ma’lum qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #operatsiya , #Iroq , #Suriya , #AQSh , #Pentagon

Aloqador xabarlar