Germaniyada hukumatning Covid-19ga qarshi cheklov choralari qoralanmoqda

Germaniya poytaxti Berlinda hukumatning koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklov choralariga qarshi namoyish o‘tkazildi.

1405418
Germaniyada hukumatning Covid-19ga qarshi cheklov choralari qoralanmoqda

 

Germaniya poytaxti Berlinda hukumatning koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklov choralariga qarshi namoyish o‘tkazildi.

Rosa–Luxemburg maydonida to’plangan yuzlab namoyishchilar hukumat tomonidan olingan cheklov choralarini qoraladi.

Namoyishchilar hukumatdan konstitutsion huquqlarini tiklashni talab qilishdi. Chunki, ular cheklov choralarini o‘zlarining fuqarolik va iqtisodiy huquqlari buzilishi deb hisoblamoqda. 

Shuningdek, hukumatning Covid-19ga qarshi cheklov choralari konstitutsiyadagi asosiy huquqlarini poymol qilishiga olib kelganligini ilgari surdilar.

Politsiya Covid-19ga qarshi choralarni, jumladan oraga 1 yarim metr masofa qo’yish zarurligini eslatdi va namoyishchilarning maydonni darhol tark etishini talab qildi.

Qoidalarga va cheklov choralariga  amal qilmagan namoyishchilar politsiya tomonidan qo’lga olindi.

Ayni vaqtda Germaniyaning boshqa shaharlarida ham hukumatning koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklov choralariga qarshi turli namoyishlar o‘tkazilmoqda.

Baden-Vurttemburg provintsiyasining Stutgart shahridagi Schlossplatz maydonida taxminan 500 kishi namoyish o’tkazdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Berlin , #Covid-19 , #Germaniya

Aloqador xabarlar