Avstraliyaning Queensland shtatida samolyot halokati ro’y berdi

Fojiada samolyot bortida bo’lgan 4 kishi va 1 uchuvchi halok bo’ldi.

1376285
Avstraliyaning Queensland shtatida samolyot halokati ro’y berdi

 

Avstraliyaning Queensland shtati shimolida samolyot halokati ro’y berdi.

Fojiada samolyot bortida bo’lgan 4 kishi va 1 uchuvchi halok bo’ldi.

Queensland politsiyasi ma’lum qilishicha, Kairns shahrining taxminan 800 km shimolida Lockhart daryosi yaqinlarida “Cessna 404” juft motorli samolyot halokatga uchragan. Samolyotning nima sababdan qulab tushganligi ma’lum emas.

Mahalliy vaqt bilan soat 11:30da radardan g’oyib bo’lgan samolyot qoldiqlari voqeadan taxminan 2 soat o’tgach topilgan. Samolyot bortida jami 5 kishi bo’lgan. Ularning barchasi halok bo’lishgan.

Aytishlaricha, samolyot Lockhart aeroportiga ikki marta qo’nishga harakat qilgan. Samolyotning noqulay havo tufayli halokatga uchraganligi taxmin qilinmoqda.

Samolyotdagi yo’lovchilarning barchasi davlat xodimlari bo’lgan.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atildi. Tergov jarayonini Transport xavfsizligi byurosi olib bormoqda.

 



Aloqador xabarlar