Bahraynda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi

Bahraynda yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus bilan bog‘liq holatlar tufayli maktablarda ikki hafta o’qish to’xtatildi.

1366543
Bahraynda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi

 

 

Bahraynda yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etildi. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi. Maktablarda ikki hafta o’qish to’xtatildi.

Bahrayn sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Erondan qaytgan 6 kishiga koronavirus tashxisi qo’yilgan. Shu bilan virusga chalinganlarning umumiy soni 23 kishiga yetgan.

Iordaniya sog’liqni saqlash vazirligi koronavirus tufayli Italiya bilan aviaqatnovlar to’xtatilganligini ma’lum qildi.

Vazirlik Italiyadan xorijliklarning mamlakat hududlariga kirishini taqiqladi, shuningdek, iordaniyalik yo’lovchilarning esa qattiq xavfsizlik chora-tadbirlari ostida karantinga olinishini e’lon qildi.

Iordaniyada hozircha koronavirus holati aniqlanmagan.

Livan hukumati esa, yangi turdagi koronavirus epidemiyasi kuzatilgan mamlakatlar bilan aviaaloqalarni cheklash va diniy sayohatlarni to’xtatish to’g’risida qaror qabul qildi.

Livan sog’liqni saqlash vaziri Hamad Hasan ma’lum qilishicha, o’tgan hafta Eronning Qum shahridan kelgan bir yo’lovchida koronavirus aniqlangan.

Jazoirda ham yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi.

Jazoir sog’liqni saqlash vaziri Abdurrahmon bin Buziyd Italiya fuqarosi bo’lgan bir kishida koronavirus aniqlanganligini ma’lum qildi.

Dunyoda koronavirusning tarqalish o’chog’i bo’lgan Xitoyning Uxan shahrida qurbonlar soni 2700 kishidan oshdi.

Xitoydan tashqari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya va boshqa 30dan ortiq mamlakatlarda tarqalgan koronavirus tufayli 80 mingdan ortiq kishi karantinga olingan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Livan , #koronavirus , #Bahrayn

Aloqador xabarlar