Italiyada ikki kishi koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumdi

Bosh vazirning buyrug’iga binoan, 76 ta kasallanish holati aniqlangan Lombardiya va Venetoda 14 kunlik karantin e'lon qilindi.

1364560
Italiyada ikki kishi koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumdi

 

Italiyada yangi turdagi “Kovid-19” koronavirusi tarqalishda davom etmoqda.

So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, ikki kishi koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumgan.

Bu haqda Italiyaning fuqarolar muhofazasi departamenti boshlig‘i Anjyelo Borrelli ma’lum qildi.

U matbuotga bergan brifingda, mamlakat bo’ylab jami 79 kishida “Kovid-19” koronavirusidan kasallanish holati aniqlanganligini, ulardan ikki nafari vafot etganligini, bir kishi tuzalib ketganligini ta’kidladi.

Anjyelo Borrellining ta’kidlashicha, 76 ta kasallanish holati 5 ta viloyatda qayd etilgan: Lombardiyada 54 ta, Venetoda 17 ta, Emiliya-Romaneda 2 ta, Latsioda 2 ta va Pemonteda bir kishi virusga chalingan.

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte favqulodda vaziyat yuzasidan vazirlar kengashini majlisga chaqirdi.

Bosh vazirning buyrug’iga binoan, kasallanganlar soni ko’pchilikni tashkil qilgan Lombardiya va Venetoga muayyan holatlardan tashqari, kirish va ulardan chiqish taqiqlanadi. Shuningdek, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni taqiqlash, o‘quv va mehnat faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish va karantinga rioya qilinishi uchun kerakli chora-tadbirlarni olish qarorlashtirilgan. Bu doirada, 10 ta shaharda maktablar, bolalar bog‘chalari, do‘konlar va boshqa jamoat joylari yopilgan. 

Ushbu hududlarda karantinga rioya qilmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish ko’zda tutilgan.

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte hozircha Yevropa Ittifoqi davlatlari o’rtasida erkin sayohat qilishga imkon beruvchi Shengen shartnomasini cheklashga hojat yo’qligini ma’lum qildi.

Milano hokimi Giuseppe Sala Italiya birinchi futbol ligasining 25-haftasida o’tkaziladigan futbol musobaqasi keyinga qoldirilganligini ma’lum qildi.

Epidemiya bilan qamrab olingan shaharlarda har qanday ommaviy va sport tadbirlari, jumladan karnavallar, savdo-sotiq taqiqlanadi. Bu hududlarda 14 kunlik karantin e'lon qilingan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #karantin , #koronavirus , #Italiya

Aloqador xabarlar