Germaniya bugun Xanau qurbonlarini yodga oldi

Germaniya bugun Xanau qurbonlarini yodga olar ekan unda Prezident Frank Walter Steinmeier ham rafiqasi bilan birgalikda ishtirok etdi.

1363926
Germaniya bugun Xanau qurbonlarini yodga oldi

Germaniya Prezidenti Frank Walter Steinmeier kecha Xanauda uyushtirilgan irqchi tusdagi terror hujmida 9 kishining o‘ldirilganini eslatib o‘tgan holda,

“Hammamiz nafrat va shiddatga qarshimiz. Siyosatda, ommaviy axborot vositasi va xalq o‘rtasida tilimizni tiyishimiz darkor. Buning uchun javobgarchilik olishimiz shart” dedi.  

Xanau shahar markazida, irqchi tusdagi terror hujmida jon berganlarni yodga olish uchun marosim uyushtirildi.

Ushbu marosimda rafiqasi bilan birgalikda ishtirok etgan Steinmeier, o‘z so‘zida g‘azabli ekanliklarini qayd etdi.  

Steinmeier, Germaniyada 50 dan ortiq shaharda minglab kishining Xanauda jon berganlar uchun uyushtirilgan yodga olish marosimida ishtirok etganini ta’kidladi.

Hujumda 9 kishining o‘ldirilganini esaltib o‘tgan Steinmeier,

Bugun hammaning hafaligini, yuz bergan voqealarga ishonish murakkabligini va qayg‘uni chin yurakdan his qilib, bu kunlarni unitish qulay kechmasligini qayd etdi.

Steinmeier, irqchi terror hujmining maqsadi qorquv yaratish ekanligiga e’tibor qaratgan holda,

“Hammamiz nafrat va shiddatga qarshimiz. Siyosatda, ommaviy axborot vositasi va xalq o‘rtasida tilimizni tiyishimiz darkor. Buning uchun javobgarchilik olishimiz shart” dedi.  

Qatliom qo‘l urilgan ikki nuqtaga ham borgan Steinmeier, u yerda jon berganlar xotirasiga gul qo‘yib, sukut saqladi.

Aytib o‘tish joizki Germaniyaning Xanau shahrida tunov kuni ikkita kafega qarshi uyushtirilgan hujumda 5 nafari turk millatiga mansub jami 9 kishi jon berdi.

Maxsus topshiriqli kuchlar tomonidan uyushtirilgan amaliyotlarda, hujumga qo‘l urgan irqchi terrorist 43 yoshidagi Tobias R va 72 yoshidagi onasi o‘z uyida o‘lik holatda topilgandi.



Aloqador xabarlar