Afg’onistonda AQSh va Afg‘oniston harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi

Otishmada ikki nafar amerikalik askar va bir nafar afg’on askar halok bo’ldi. Tomonlar nima uchun bir-biriga qarshi o‘q uzgani ma'lum emas.

1355865
Afg’onistonda AQSh va Afg‘oniston harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi

 

Afg’onistonning Nangarxor viloyatida qo‘shma operatsiya o‘tkazish chog‘ida AQSh va Afg‘oniston harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi.

Otishmada ikki nafar amerikalik askar va bir nafar afg’on askar halok bo’ldi. Tomonlar nima uchun bir-biriga qarshi o‘q uzgani ma'lum emas.  

Bu haqda NATO safida xizmat qilgan AQSh qo’shini kotibi Sonny Leggett ma’lum qilgan.

Uning so’zlariga ko’ra, Nangarxor viloyatiga qarashli Sherzod tumanidagi qo‘shma operatsiyada afg’on askar AQSh va afg’on askarlarlariga qarata o’q uzgan. Natijada otishma kelib chiqqan.

Otishmalarda ikki nafar Amerika askari halok bo’lgan, 6 nafari jarohatlangan.

Nangarxor viloyati hokimi Shox Mahmud Miyahil ma’lum qilishicha, otishmalarda 1 nafar afg’on askari halok bo’lgan, uch nafari jarohatlangan.

Voqea bilan bog’liq tergov-surishtiruv ishlarini olib borish uchun hududga qo’shma komissiya safarbar etilgan.

 

 



Aloqador xabarlar