Xitoyda, kornavirus xavfiga birinchi marotaba e’tibor qaratgan shifokor Li vafot etdi

Xitoyda yangi turdagi kornavirus (2019nCoV) xavfiga birinchi marotaba e’tibor qaratgan shifokor Li Wenliang, virus tufayli vafot etdi.

1355386
Xitoyda, kornavirus xavfiga birinchi marotaba e’tibor qaratgan shifokor Li vafot etdi

Xitoyda yangi turdagi kornavirus (2019nCoV) xavfiga birinchi marotaba e’tibor qaratgan shifokor Li Wenliang, virus tufayli vafot etdi.

Li, 12-yanvar kuni bemorlardan biridan “yangi turdagi koronavirus yuqtirib olgan bo’lishi mumkin” degan shubha bilan karantinga olinar ekan 1-fevral kuni shifokorning virus yuqtirib olgani aniqlandi.

Dekabr oyida, tibbiyot oliy oquv yurtidagi do’stlari qayd etilgan xabarlashuv guruhida mahalliy dengiz mahsulotlari bozorida virusning SARB turiga o’xshash virus paydo bo’lganligi haqida ma’lumot tarqatgan Li, yangi turdagi koronavirus yuqtirib olganligi tashhisi bilan karantinaga olingan kasalxonada vafot etdi.  

Uxandagi kasalxonalardan birida ishlagan Li, xabarlashuv guruhida, 7 nafar bemorning koronavirus tufayli karantinaga olinganini eslatib o’tgan holda, buning xavfiga e’tibor qaratgandi.

Uxan politsiyasi nomi tilga olingan ma’lumot ortidan Lidan, yolg’on ma’lumot tarqatmasligini so’ragandi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Lining vafoti ortidan Twitterdagi postida, “Shifokor Li Wenliangning o’limidan chuqur qayg’udamiz. Barchamiz uning 2019nCoV haqidagi faoliyatidan minnatdormiz” degan ifodalarga o'rin berdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Li Wenliang , #koronavirus

Aloqador xabarlar