Afg’onistonda Tolibon jangarilari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma ro’y berdi
Tahor xavfsizlik boshqarmasi xodimi Xalil Asir ma’lum qilishicha, otishmalarda 7 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.
Afg’oniston shimoli sharqidagi Tahor viloyatining Darkad tumanida “Tolibon” harakati jangarilari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma ro’y berdi.
Otishmalarda 7 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.
Tahor xavfsizlik boshqarmasi xodimi Xalil Asir ma’lum qilishicha, jangarilar Darkadning Qora-Tepa hududidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qilgandan keyin, otishma boshlangan.
Otishmada 7 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan, 2 nafari jarohatlangan.
Shuningdek, voqea joyida 11 jangari otib o’ldirilgan, 6 jangari yaralangan.
Tolibon harakati esa, otishmalarda 16 nafar xavfsizlik xodimi o’ldirilganligini iddao qildi.
Aloqador xabarlar
Armanistonda Pashinyanning iste'fosi talab qilindi
Armanistonda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosi talab qilindi.